O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
115 12-03-2026

2026-yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarida bugungi kunda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar
Фотография новости

Qonliko‘l tumani Sari oltin OFY hududidagi Barakali Sari oltin fermer xo‘jaligida "2026-yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarida bugungi kunda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar" mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar shu hududdagi fermerlar ishtirokida o‘tkazilib, QR AKIS markazi mutaxassisi N.Nurimbetov tomonidan fermerlarga kuzgi bug‘doyning holati, rivojlanish fazasi, hududning tuproq-iqlim sharoitlariga qarab yillik azotli o‘g‘itlar me’yorining 35-40 foizini berish, qo‘shimcha oziqlantirish va kelgusida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi AKIS markazining Ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda kuzgi bug‘doy parvarishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalari fermerlarga tarqatildi.