2023 yil 25 iyul kuni Xalqaro Case New Holland kompaniyasining mamlakatimizdagi “UzCaseMash” qo‘shma korxonasi QR AKIS bilan hamkorlikda QR Savdo sanoat palatasining majlislar zalida barcha tumanlardagi 100 dan ortiq klaster va f/x rahbarlari va sohadagi tadbirkorlik sub'ektlariga korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan va yetkazib berilayotgan q/x texnika vositalari taqdimotini o‘tkazdi.
O‘tkazilgan taqdimotda “UzCaseMash” qo‘shma korxonasi mutaxassislari taqdimot ishtirokchilariga zamonaviy q/x texnikalarini yetkazib berish va servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma'lumotlar berildi. O‘z navbatida QR AKIS mutaxassislari ushbu turdagi zamonaviy texnikalardan samarali foydalanish qoidalari bo‘yicha klaster va f/x rahbarlariga tavsiyalar berdi.