Qishloq xo‘jaligi vaziri A.Voitov topshirig‘iga ko'ra qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev tomonidan tuzilgan olimlar ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida o‘z ishini boshladi. Tuman hokimligi binosiga hududning eng ilg‘or fermer, dehqon xo‘jaliklari va agroklaster vakillari taklif etildi.
Ularga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalaridagi yuqori tajribali olimlar tavsiya berishdi. Toshkent davlat Agrar universiteti proffessori, q.x.f.d Usmon Norqulov Paxta agrotexnikasi va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda hosildorlikka erishish bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.