O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
Sovuqdan betalofat chiqish choralarini ko'rish bo'yicha tavsiyalar.

30-03-2022

17-20 mart kunlari O'zbekistonga Volga bo'yidan sovuq havo massasi hamda Eron hududidan sovuq va nam havo kirib kelishi sababli mevali bog'lar va tokzorlar, ertagi kartoshka va sabzavot ekinlariga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi hamda Qoraqalpog'iston Dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan Respublika bo'yicha agroklasterlar, fermer va dehqon xo'jaliklariga sovuqdan betalofat chiqish choralarini ko'rish bo'yicha tavsiyalar berildi.