Yerlarni sifatli shudgorlashga doir tavsiyalar
Ushbu qo‘llanmada yerlarni sifatli shudgorlashni ta’minlash uchun traktor va pluglarni ishga tayyorlash, sozlash hamda haydovni to‘g‘ri tashkil etish qoidalari keltirilgan. Ushbu tavsiyalarga to‘la amal qilinsa kuz-qish davrida tuproqda ko‘plab nam to‘planishiga, begona o‘tlar, ularning urug‘lari hamda o‘simlik qoldiqlarining to‘liq va chuqur ko‘milishiga erishilinadi. Natijada kelgusi yili urug‘larni bir tekis undirib olish va o‘simliklarni yaxshi rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi, dalalarni begona o‘t bosish va ularga qarshi kurashish uchun sarfxarajatlar kamayadi, ekinlardan yuqori hosil olishga zamin yaratiladi.