O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
Ekinlarni parvarishlash mashinalaridan unumli foydalanish.

24-08-2022

Mazkur risolada kengligi 60 sm, 76 sm, 90 sm va qo'shqatorlab ekilgan g'o'za qator oralariga ishlov berish, birinchi kultivatsiyani o'tkazish, yog'ingarchiliklardan keyin paydo bo'lgan qatqaloqni yumshatish, g'o'za qator oralarida begona o'tlarni yo'qotish, dala sathini qatlamlab yumshatish, maxsus chuqur yumshatkichlarni ishlatish, sug'orish egatlarini ochish va mineral o'g'it solish, kultivator hamda o'g'it solish me’yorlarini sozlash, kultivatorlarni ishlatish tartibi va ularning ish sifatini baholashga doir tavsiyalar berilgan. Risola fermerlar, mexanizatorlar, muhandis-texnik va agroklasterlar xodimlar uchun amaliy qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.