O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
Sabzavot ekinlarini to'qsonbosti usulida yetishtirish bo'yicha tavsiyalar.

24-08-2022

Quyidagi tavsiyada sabzavot ekinlarini to'qsonbosti usulida yetishtirish bo'yicha ma’lumotlar keltirilgan. To'qsonbosti usulining bir qator afzallik tomonlari bor. Yerlardan samarali foydalanishni amalga oshirish, mavsumda ikki va uch marta xosil olishga erishish xamda erta muddatlarda sabzavot mahsulotlarini yetishtirish maqsadida har bir fermerlar, dehqon va tomorqachilar ekin maydonlarining asosiy qismini «to'qsonbosti» usulida ekishni rejalashtirishi kerak. Faqat «to'qsonbosti» usuli dehqonlardan chuqur bilim va tajribalarni talab etadi. Fermerlarimiz bu borada ko'p tajribalarga ega. Lekin dehqon va tomorqachilarning bu usul bo'yicha ilm va tajribalarga muhtojligi sezilib qolmoqda. Shu sabablardan kelib chiqib, dehqonlar uchun oddiy dehqoncha qo'llanmani tayyorlashga harakat qilindi. Qo'llanmada berilgan tavsiyalar, to'plangan ma’lumotlarga asoslangan bo'lib, umumiy tusga ega. Ekinlarning nav hususiyatlari, ob-havo sharoiti va dehqonlarning agrotexnik yondashuvlariga qarab 10-15 va undan yuqori foizda og'ishlar kuzatilishi mumkin. Shuning uchun qo'llanmadan foydalanuvchilar tavsiyalarning mahalliy shart-sharoitlarga mos kelishini mustaqil aniqlab foydalanishi, mutaxassislar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.