O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi «Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to'g'risida»gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari to'g'risida”gi qarori 1 ilovasi “YO'L HARITASI”ning 38.3 bandida Sholining o'ta tez pishar «Guliston», «Sanam» va «Nukus 70» navlari urug'chiligini tashkil qilish va qishloq xo'jaligiga joriy etish bo'yicha belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bilan hamkorlikda “Qoraqalpog'iston Respublikasida sholi yetishtirish” ilmiy asoslangan tavsiya ishlab chiqilgan bo'lib, sholining bir qancha navlari hamda ularni yetishtirishning innovatsion usullari to'g'risida ma’lumotlar keltirilgan.