Qoraqalpog'iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida g'o'zani yetishtirish bo'yicha tavsiyalar
Ushbu tavsiya Qoraqalpog'iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan g'o'za navlarining biologik xossalarini hisobga olgan holda suv va resurslardan samarali foydalanish, g'o'zani parvarishlashda o'tkaziladigan agrotexnik chora-tadbirlar yig'indisini o'z ichiga oladi. Shuningdek, erta bahorda tuproqqa ishlov berish, yerni ekishga tayyorlash, g'o'zaning vegetatsiya davrida suv va resurs tejamkor texnologiyalarni qo'llash, kasallik va zarakunandalarga qarshi kurash, paxta hosilini terib olgunga qadar amalga oshiriladigan agrotexnik chora-tadbirlar bo'yicha to'liq ma’lumotlar keltirilgan bo'lib, qishloq xo'jaligi sohasida ilmiy ishlar olib borayotgan tadqiqodchilar hamda fermer xo'jaliklarida foydalanish uchun mo'ljallangan.