O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
Shaxsiy, yordamchi va fermer xo'jaliklarida sut yo'nalishidagi zotli qoramollarni boqish uchun to'la qiymatli ozuqalarni yetishtirish va mahalliy qurilish materiallari resursidan kichik ferma ob’ektlarini qurish bo'yicha tavsiyalar.

18-05-2022

Qoramolchilik chorvachilikning yetakchi tarmog'i. Yetishtirilayotgan sutning 99 foizi va go'shtning 63 foizi qoramolchilikka to'g'ri keladi. Yengil sanoatni teri va boshqa homashyo bilan ta’minlashda ustuvor soha. Chorvachilikni va ayniqsa qoramolchilikni rivojlantirishga Respublikada bugungi kunda alohida e’tibor berilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-5696-sonli Farmoni ijrosi hamda O'zR-Veterinariya  va chorvachilikni rivojlantirish davlat qumitasi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida 2019 yil 28 marttagi PQ-4254 sonli qarori, 2019 yil 7 noyabrdagi - Qoraqalpog'iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida PQ-4512 sonli qarori qobul qilinib-respublikada chorvachilikni jadal rivojlantirish bo'yicha komissiya tuzildi. Bo'zatov, Mo'ynoq, Taxtako'pir va Qo'ng'irot tumanlarida yirik va mayda shoxli naslli chorva mollarini sanoat usulida, shuningdek, yaylov va pichanzorlarga haydab boqish, chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarish, chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tuzildi va ularga aniq ma’suliyatli vazifalar belgilanishi e’tiborning kuchli ekanligini isbotlaydi.

Ushbu qo'llanmada chorvadorlarning chettan keltirishga talablari kuchli bo'lgan qoramol zotlarining tavsiflari, qoramollarni to'la qiymatli oziqlantirish omillari, to'la qiymatli oziqlantirish uchun sarflanadigan xarajatlar, ozuqa yetishtirishda mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlarni bajarish uchun mexanizatsiya otryadi tarkibi, mahalliy qurilish resurslaridan sut yo'nalishidagi qoramollarni boqish uchun mo'ljallangan kichik fermalarni loyihalarini tuzish metodikasi, sut yo'nalishidagi qoramollarga kichik ferma qurish, to'la qiymatli ozuqa yetishtirish va mexanizatsiya otryadini tashkil etish uchun sarflanadigan xarajatlarning iqtisodiy taxlillari bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar keltirilgan.